Ummu Iso binti Muso Al-Hadiy

Ummu Iso bintu Muso Al-Hadiy
أم عيسى بنت موسى الهادي
Zavjat al xalifa
Abbosiylar xalifasining rafiqasi
Oʻtmishdoshi Lubana bint Ali ibn Al-Mahdiy
Davomchisi Hadicha bint al-Hasan ibn Sahl
Tugʻilishi 783 yoki 785-yil
Abbosiylar xalifaligi Bagʻdod yoki Hadisa shahri
Vafoti 830-yillar
Abbosiylar xalifaligi Bagʻdod shahri
Turmush oʻrtogʻi Al-Maʼmun
Farzandlari
  • Muhammad al-Asgʻar ibn al-Ma'mun
  • Abdulloh ibn Abdulloh al-Ma'mun
Sulola Abbosiylar
Otasi Muso Al-Hadiy
Dini Islom
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "vafot_joyi"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "din"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "sulola"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "davomchisi"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "oʻtmishdoshi"
Ogohlantirish: Page using Template:Infobox royalty with unknown parameter "turmush_oʻrtogʻi"

Ummu Iso bintu Muso Al-Hadiy (arabcha: أم عيسى بنت موسى الهادي) — Abbosiylar sulolasining toʻrtinchi hukmdori xalifa Al-Hadiyning qizi, xalifa Horun ar-Rashidning jiyani va yettinchi Abbosiy xalifasi Al-Maʼmunning bosh xotini boʻlgan Abbosiylar malikasi.

Ummu Iso Al-Hadiyning (hukmronligi 785-786-yillar) kanizaklaridan birining qizi edi. U 783 yoki 785-yillarda tugʻilgan. Bolaligi Bag'dodda oʻtgan. Otasi 786-yilda vafot etganida u yosh bola edi. Uni otasining oʻrniga amakisi Horun ar-Rashid tarbiya qildi. Al-Hadiy vafotidan keyin amakisi unga va ukasiga gʻamxoʻrlik qildi.

Al-Maʼmun birinchi xotini sifatida amakisi Al-Hadiyning qizi boʻlgan Ummu Isoga uylandi, u oʻn sakkiz yoshida unga uylandi. Ularning Muhammad Al-Asgʻar va Abdulloh ismli ikki oʻgʻli bor edi[1]. Ular xalifa Horun ar-Rashid hukmronligi davrida nikohdan oʻtishgan. Shuningdek, Al-Hadiyning Ismoil va Jaʼfar ismli ikki oʻgʻli Horun ar-Rashidning qizlari Hamduna va Fotimaga uylanishdi[2]. Shunday qilib, Horunning ikki qizi Ummu Isoning ham amakivachchalari, ham kelinoyilari edi. Uning hayoti haramida tanho hayot kechganligi sababli u haqida faqat bir necha narsalargina maʼlum.

Ummu Iso eri Al-Maʼmundan bir-ikki yosh katta edi. Uning eri otasi vafot etgan va amakisi xalifalikka taxtiga oʻtirgan kunning oʻzida tugʻilgan edi.

Uning amakisi, xalifa Horun ar-Rashid ikki katta oʻgʻli Al-Amin va Al-Maʼmunni taxt vorisligiga nomzodini ilgari surgan edi. 792-yilda Horun Muhammadga Al-Amin („Ishonchli“) nomi bilan sodiqlik qasamyodini (bayʼat) qabul qildirib, uni amalda taxt vorisi etib belgilab qoʻydi. Abdulloh ikkinchi merosxoʻr deb atalmadi va 799-yilgacha Al-Maʼmun („Ishonchli shaxs“) nomi bilan atalgan[3][1]. Ummu Isoning eri Al-Maʼmun amakivachchasi va qayin ogʻasi Al-Amin vafotidan keyin xalifa boʻldi. 813-yilda Al-Aminning boshi tanasidan judo qilindi va Al-Maʼmun soʻzsiz xalifalik taxtiga oʻtirdi[4].

  1. 1,0 1,1 Rekaya 1991, s. 331.
  2. Abbott 1946, ss. 157.
  3. Gabrieli 1960, s. 437.
  4. Kennedi, Hugh. Paygʻambar va xalifaliklar davri. London va Nyu-York: Pearson Longman — 148–150 bet. ISBN 0-582-49312-9. 

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy